Orifjonov Rixsiboy

Orifjonov Rixsiboy (1926.23.4 -Toshkent — 1979.4.6) — aktyor, rejissyor, dramaturg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1953). Hamza teatrida (1941-53; 1956-61), Qo’qon teatrida (1953-56) aktyor. Kattaqo’rg’on teatrida (1961-64), Samarqand teatrida (1964-67) bosh rejissyor, Surxondaryo teatrida bosh rejissyor va direktor (1970-72), Toshkentdagi Muqimiy teatrida direktor (1973— 75), Sirdaryo teatrida bosh rejissyor (1975— 78), Respublika xalq ijodi uyi rahbari (1978-79). Omon (Tuyg’un, «bahodir»), Soli pismiq, Asqar (uyg’un, «qaltis hazil», «Hurriyat»), Yalangto’sh (N. Safarov, «Sharqtongi»), Muqimiy (S. Abdulla, «Muqimiy»), Karl Moor (F. Shiller, «Qaroqchilar»), Sattor (B. Rahmonov, «Yurak sirlari») kabi obrazlarni yaratgan. Rejissyor sifatida «ona qalbi» (M. Boboyev), «Furqat» (B. Avezov), «Dugonalar» (Yo. Xudoyqulov), «Qaroqchilar» (F. Shiller), «ajab savdolar» (H. G’ulom), «Nodira» (H. Razzoqov), «boy ila xizmatchi» (Hamza) kabi 50 dan ortiq spektakl sahnalashtirgan. Respublika teatrlarida sahnalashtirilgan «basharang qiyshiq bo’lsa…». «Turmush saboqlari», «Ona hukmi», «Aldangan qiz» singari pyesalar muallifi.