O’RMON BOG’I

O’RMON BOG’I (parki) — shaharlar, sanoat markazlari, sanoat shaharchalarining yashil zonalarida obodonlashtirilgan o’rmon massivi. Yirik shaharlar, mamlakatlar poytaxtlari atroflarida O’rmon bog’ilar tizimi o’rmonlardan iborat ihota halqalarini hosil qiladi. O’rmon bog’i manzarali joylarda barpo etiladi, hududni obodonlashtiradi, landshaftni boyitadi, aholining dam olishiga xizmat qiladi. O’rmon bog’i bir necha yuzdan 2-3 ming ga va undan ortiq maydonni egallashi mumkin. O’rmon bog’i barpo etishda tabiiy landshaftni saqlab qolishga, ko’p yil yashaydigan, tabiiyiqlim sharoitiga yaxshi moslashgan, manzarali va noyob daraxtbutalar ekishga alohida e’tibor beriladi. Toshkent shahri yaqinidagi Dendropark, Kattaqo’rg’on suv ombori atroflarida barpo etilgan pistazorlar, Andijon shahridagi Bog’ishamol bog’i O’rmon bog’i namunalari hisoblanadi. Ayrim o’rmonchilik xo’jaliklarida tog’li hududlardagi o’rmon massivlarida yovvoyi mevali daraxtlarga qalamcha yoki kurtak payvand usulida qimmatli madaniy meva navlari (olma, nok, gilos, olxo’ri va boshqalar) ulanib hosil qilingan bog’lar ham O’rmon bog’i deyiladi. Bunday bog’lar Chirchiq o’rmon xo’jaligida tashkil etilgan.