O`rmon-dasht, o`rmonli dasht

O`rmon-dasht, o`rmonli dasht – o`rmon zonasi bilan dasht zonasi orasida joylashgan tabiat zonasi. O`rmon-dashtda o`rmonli yerlar bilan dasht yerlar birgalikda uchraydi. Yevropaning ayrim qismida keng bargli o`rmonlar (dub, juka, shumtol), G`arbiy Sibirda qayin, tog`terak, O`rta Sibirda, Uzoq Sharqda dauriya tilog`ochi o`rmonlari uchraydi; dashtlarda xilma-xil o`tlar o`sadi.