O’RMONCHILIK

O’RMONCHILIK — o’rmonlar barpo etish, o’rmon mahsulotlarini tayyorlash, shuningdek, davolash-sog’lomlashtirish va obodonlashtirish maqsadlarida o’rmonlar yetishtirish bilan shug’ullanadigan xo’jalik sohasi va fan (o’rmonshunoslikning bir tarmog’i). Turli tabiiy va iqtisodiy ishlab chiqarish sharoitlarida o’rmon yetishtirish texnikasi va texnologiyasini yaratadi, o’rmonni kesish, uni qayta tiklash, yuqori mahsuldor daraxtlar o’stirishning nazariy va amaliy masalalarini ishlab chiqadi.