O’ROZBOYEV MUHAMMAD TOSHEVICH

O’ROZBOYEV MUHAMMAD TOSHEVICH (1906.20.5, Qo’qon 1971.9.5, Toshkent) — mexanik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1956), O’zbekistonda xizmat qo’rsatgan fan va texnika arbobi (1960). texnika fanlari Doktori (1947), professor (1938), O’rta Osiyo universitetining ishchi fakultetini (1928), Moskva oliy texnika bilim yurtini (1932), Moskva universitetining matematika mexanika fakultetini (1934) tugatgan. Toshkent to’qimachilik institutida kafedrat mudiri va direktor o’rinbosari (1936-47), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Inshootlar instituti direktori (1947— 57), ilmiy-texnika davlat qo’mitasi raisi (1957-61), Toshkent politexnika instituti rektori (1963— 71), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi hamda Mexanika va boshqarish jarayonlari bo’limining akademik kotibi (1970-71), «Fan va turmush» jurnal bosh muharriri (1970-71). Asosiy ilmiy ishlari mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga doir. O’zbekistonda seysmik mustahkamlikning dinamik nazariyasi va qobiqlar nazariyasiga oid ilmiy maktab yaratgan, mexanika fanining ko’p ilmiy yo’nalishlariga asos solgan. O’rozboyev paxta terish mashinalariga oid ilmiy tekshirish ishlariga, seysmik mustahkam inshootlar sohasida amaliy va nazariy izlanishlarga rahbarlik qilgan. Davlat mukofoti (1952), Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent ko’chalaridan biri O’rozboyev nomi bilan atalgan. As.:Materiallar qarshiligi, 1—2 t., 1960— 65; Seysmostoykost gidrouprugix sistem, T., 1966; nazariy mexanika asosiy kursi, T., 1966; materiallar qarshiligi asosiy kursi, T, 1973.