O’RTACHA QUYOSH
O’RTACHA QUYOSH — osmon gumbazining tropik yil davomida bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan to’liq bir marta aylanib chiqadigan va ekvator bo’ylab tekis harakatlanadigan hayoliy nuqtasi. O’rtacha quyosh vaqti shu O’rtacha quyoshga asoslanadi. Yer orbitasi va ekliptikannig ekvatorga og’maligi natijasida haqiqiy Quyosh bilan bir vaqtda apogey va perigeyla bo’ladigan o’rtacha ekliptika quyoshi tushunchasi joriy etilgan; bu bilan yer orbitasining ellips shaklidaligi bilan bog’liq noqulaylik yo’qotiladi; o’rtacha ekvatorial Quyosh (O’rtacha quyosh) ekvator bo’ylab tekis harakatlanib, bahorgi teng kunlik va kuzgi teng kunlik nuqtalaridan haqiqiy Quyosh bilan bir vaqtda o’tadi, bu bilan ikkinchi sabab — ekliptika og’maligining ta’siri yo’qotiladi. Haqiqiy Quyosh va O’rtacha quyosh to’g’ri chiqishlari yoki soat burchaklari farqi vaqt tenglamasi deyiladi va haqiqiy Quyoshni kuzatish orqali o’rtacha vaqtni aniqlashda hisobga olinadi.