O’RTAOVUL

O’RTAOVUL — Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi shaharcha (1974 yildan). Temir yo’l stantsiyasi. Tuman markazi Eshonguzar shaharchasidan 16 kilometr Janubda. Aholisi 17,2 ming kishi (2004). Go’sht kombinati, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, xususiy, qo’shma korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, madaniyat uylari, klub muassasalari bor. Toshkent — Chinoz, Toshkent — Yangiyo’l va boshqalar yo’nalishlardagi avtobus va marshrutli taksilar O’rtaovul hududidan o’tadi. O’rtaovuldan Toshkentga marshrutli taksilar qatnaydi.