Ossillograf

Ossillograf (lotincha oscillo — tebranaman va …graf) — ikki yoki bir necha kattaliklar (parametrlar va funktsiyalar; elektr kattaliklar) orasidagi bog’liqlikni kuzatishga imkon beradigan, kattaliklarning vaqt bo’yicha o’zgarish egri chiziqlarini o’z-o’zidan yozib oladigan asbob. Turli texnika masalalarini hal qilishda ishlatiladi. Ossillograf tasvirlanadigan va tekshirilayotgan jarayonning vaqtga bog’likligini ifodalaydigan egri chiziq ossillogramma deb ataladi.