O’TA GIGANTLAR

O’TA GIGANTLAR — geometrik o’lchamlariga ko’ra juda ulkan yulduzlar. Umuman yulduzlar o’zlarining geometrik o’lchamlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Agar yulduzlar massalari jihatidan Quyosh massasining 0,1 dan 50 massasigacha bo’lsa, ulardan ko’pchiligining diametri bir necha yuz ming, hatto millionlab kilometrga yetadi (Quyoshning diametri 1 392 000 kilometr). Quyoshga nisbatan o’lchamlari bir necha marta katta yulduzlar (Kanopus, Arktur, Antares) gigant yulduzlar bo’lsa, juda kam uchraydigan ba’zi O’ta gigantlar (Betelgeyze) Quyoshning o’rnida bo’lganida, Mars hatto Yupiter sayyoralari orbitasi ham shunday yulduzlar ichida bo’lardi. O’ta gigantlar yulduzlarning modda zichligi yer atmosferasi zichligidan ham kam bo’lishi mumkin. O’rtacha yulduz — Quyoshning zichligi suv zichligidan 1,4 marta ortiq. Yulduzlarning ichida zichligi nihoyatda kattalari neytron yulduzlar hisoblanadi. Yulduzlar o’zlarining uzoq umrlari davomida o’z tralarini va o’lchamlarini o’zgartirmaydilar. Lekin, markazlaridagi hamma vodorod geliyga aylangach, tez kattalashib boradi. Yulduz sirtidagi temperatura kamayib, nurlanish energiyasi bir necha marta ortadi va, nihoyat, u qizil gigantga aylanadi. Bular markazidagi temperatura 100 million gradusgacha ko’tariladi va yulduz yadrosida geliyning uglerodga aylanish reaktsiyasi sodir bo’ladi. Qizil gigant, o’zining rivojlanish davrida ma’lum vaqtni o’tgach, juda kattalashib ketgan o’z qobig’ini ajratib tashlaydi va planetar tumanlik hosil bo’lib, uning markazidagi yulduz tobora kichiklashib sekin sovib borayotgan OK mitti yulduzga aylanadi. Bu hodisalar O’ta gigantlarning yulduzlar evolyutsiyasi nazariyasini yaratishda muhim ob’yektlar bo’lishidan dalolat beradi.