Otaliq

Otaliq-dastlabki saljuqiylar sulolasi davrida (1038-1194) xon e’tiborini qozongan kishilarga berilgan mansab. Otaliq “Ota o’rniga ota” degan mazmunga ega bo’lib, uning vazifasi shahzoda yoki xonzodalarni tarbiyalash va ular ixtiyoridagi ulusni balog’atga yetganlariga qadar boshqarishdan iborat bo’lgan. Tarixda ba’zi otaliqlar hokimiyatni o’z qo’llariga olgan hollar ham bo’lgan. Chunonchi, ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida (1753-1920) Buxoroda Muhammad Rahim otaliq (1753-1758) mana shunday yo’l orqali hokimiyatni egallagan.