O’TAMISH HOJI MAVLONO MUHAMMAD DO’ST O’G’LI
O’TAMISH HOJI MAVLONO MUHAMMAD DO’ST O’G’LI (16-asr) — tarixchi olim. Xiva xoni Elbarsxon saroyida mirzalik qilgan. U Xorazm va Oltin O’rdaning Janub hududlarida (Kaspiy dengizi va quyi Volga bo’ylari) ko’p marta sayohatda bo’lgan va tarixiy asar yozish uchun materiallar to’plagan. O’tamish hoji «Chingiznoma» asarini Shayboniylardai esh Sulton (1558 yil vafot etgan)ga bag’ishlagan bo’lib, bu asar 16-asr Xiva xonligida (turkiy tilda) yozilgan yagona adabiy-tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Asar muqaddima va 9 bobdan iborat bo’lib, Chingizxon va chingiziylar (xususan, Xo’ja avlodlari) tarixiga oid ko’plab tarixiy rivoyatlarni o’zida to’plaganligi hamda Oltin O’rda xonlari va o’g’lonlar (xonzodalar) faoliyati haqida nodir ma’lumotlar berishi bilan qimmatlidir. «Chingiznoma» asari qo’lyozmasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (1552) da saqlanadi. Asar sharqshunos V.P.Yudin (1928— 83) tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va keyinchalik u faksimilesi hamda tegishli izohlar bilan chop etilgan (Olmaota, 1992). As: Chingizname (faksimile, perevod, transkripsiya, tekstologicheskie Primechaniya, issledovanie V.P.Yudina), Alma- Ata, 1992.