O’TKINCHI BALIQLAR

O’TKINCHI BALIQLAR — baliqlarning ekologik guruhi; uvildiriq tashlashi davrida dengizlardan daryolarga (anadrom migratsiya) yoki daryolardan dengizlarga (katadrom migratsiya) ko’chib o’tadi. Anadrom migratsiya seldsimonlar, losossimonlar, osyotrsimonlar va boshqalar baliklar uchun xos. Bu baliqlarning bir qismi kuzda jinsiy hujayralari yetilmasdan oldin daryolarga o’tib, bahorda ko’payishga kirishadi (qishki irqlar); boshqa qismi bahorda jinsiy hujayrasi yetilish oldidan daryolarga o’tadi va tezda ko’payishga kirishadi (bahorgi irqlar). Katadrom migratsiya ayrim buqabaliqlar, daryo ilon balig’i (ugor) va tropik laqqa baliqlar uchun xos. O’tkinchi baliqlar, odatda, suv sho’rlanishining keng miqyosda o’zgarishiga moslashish xususiyatiga ega. Ko’plab har xil to’siqlar (kuchli oqim, sharsharalar, sayozliklar)ni o’tishi uchun juda kup energiya sarflanishi sababidan O’tkinchi baliqlar migratsiya oldidan zaxira oziq (asosan, yog’) to’playdi. O’tkinchi baliqlar uvildiriq tashlaydigan joylar muhofaza qilinadi.