Oxirat
Oxirat (Arabcha — oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) — diniy tushuncha. Oxirat haqidagi tasavvurlar barcha dinlarga xos. Islomdagi Oxirat haqidagi tasavvur va rivoyatlar yahudiylik, xristianlikdagi tasavvurlarga va ba’zi Sharq xalqlarining diniy rivoyatlariga qisman o’xshab ketadi, Qur’onda Oxirat kunida osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib o’rnidan turishi, so’roq qilinishi, gunoh va savobning o’lchanishi, marhumlarning Jannat yo do’zaxga jo’natilishi tafsilotlari va shu kabilar keng berilgan.