Oy tutilishi

Oy tutilishi – oy sathiga yer soyasi tushganda yuz beradigan xrdisa. Bu hodisa Quyosh, yer va oyning bir-birlariga nisbatan egallagan vaziyatlariga bog’liq. Oy yerdagi kuzatuvchiga nisbatan Quyoshga qarama-qarshi tomonda (ya’ni to’linoy paytiga yaqin) bo’lsa — Oy tutilishi, Quyosh tomonda (yangi oy paytiga yaqin) bo’lsa, Quyosh tutilishi yuz beradi. Oy bilan Quyoshning ko’rinma diametri taxminan barobar. Oy yerdan eng uzoqlashganda 29’30», yerga eng yaqinlashganda 33′ 30″ burchak ostida ko’rinadi. Yer Quyoshdan eng uzoqlashganda Quyosh gardishi zg 20″, Quyoshga eng yaqinlashganda esa 32′ 30″ burchak ostida ko’rinadi. Demak, Quyosh tutilishi paytida, tutilish Markaziy bo’lsa, Quyosh diskini oy to’la to’sib qolishi mumkin. Oy har 29,53 kunda yer atrofini Quyoshga nisbatan to’la bir marta aylanib, Quyosh va qarama-qarshi tomonda bir martadan bo’ladi. Ammo Oyning orbita tekisligi yerning Quyosh atrofida aylanishi orbita (ekliptika) tekisligi bilan ustma-ust tushmay, u bilan 5°, 09′ burchak tashkil etganligi sababli, Oy tutilishi har oyda yuz bermaydi. Oyning yangi- oy va to’linoy fazalari Yer hamda Quyoshni birlashtiruvchi to’g’ri chiziqdan yuqorida yoki pastda sodir bo’ladi. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Ikki ketma-ket kelgan yangioy (yoki to’linoy) orasida o’tgan vaqt 29,53 kun bo’lib, bu davrda Quyosh ekliptika bo’ylab 29° ga siljiydi va Quyosh tugunlardan o’tish paytida bir marta, ba’zan ikki marta Quyosh tutilishi yuz beradi. Oy tutilishi yuz bermasligi ham mumkin. Quyosh tutilishlari ketma-ket ikki marta tutilish chegaralarida ro’y bersa, Oy tutilishi kuzatilishi shart. Demak, tutilish hodisasi guruqli tarzda ro’y beradi. Guruhda eng kamida bitta Quyosh tutilishi, ko’pi bilan uchta Quyosh — oy — Quyosh tutilishlari yuz beradi. Yiliga 4-5 marta Quyosh tutilishi, 2-3 marta Oy tutilishi ro’y beradi. Quyosh tutilishi va Oy tutilishi ketma-ketligi 18,6 yillik davr bilan takrorlanib turadi. Oy tutilishi Yerda oy ko’rinib turgan barcha nuqtalarda kuzatiladi. Oyning to’la tutilishi 2 soatcha davom etadi.