Oystrax David Fyodorovich

Oystrax David Fyodorovich [1908.17(30). 9, Odessa – 1974.24.10, Amsterdam; Moskvada dafn etilgan] — skripkachi, pedagog, dirijyor; zamonaviy rus skripka ijrochilik maktabi asoschilaridan. London (1959), Boston, Rim, Berlin (1961) san’at va musiqa akademiyalari faxriy a’zosi, Kembrij universiteti professor (1969). Odessa musiqali drama institutini tugatgan (1926). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1932-34 va 1941 yildan), Moskva konservatoriyasida dotsent (1934 yildan), professor (1939 yildan), kafedra mudiri (1950 yildan). Uslubiga mukammal ijro mahorati, teran mazmun, badiiy-g’oyaviy ravshanlik xosdir. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz hamda zamonaviy skripka asarlari o’rin olgan. Chet el mamlakatlari, xususan, O’zbekistonda gastrolda bo’lgan. Bir nechta xalqaro tanlovlar g’olibi (Leningrad, Varshava, 1935; Bryussel 1937). O’g’li — Igor Oystrax (1931) ham mashhur skripkachi va dirijyor. Rossiya xalq artisti (1986). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1958 yildan).