Ozar

Ozar (taxallusi; to’liq nomi lutf Alibek Og’oxon Begdiliy o’g’li) (1722— 1780) — shoir va adabiyotshunos. Eronning qum, Sheroz va Isfahon shaharlarida yashab, fors tilida ijod etgan. Zamondoshi shoir Mir Sayd Ali mushtoq ta’sirida she’rlar yozgan. «Vola», «Naghat» taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. She’rlar devoni mavjud. «Yusuf va Zulayho», «daftari No’h osmon» kabi doston va tazkiralar muallifi. Mashhur asarlaridan biri «Otashkada» (1779) 2 kitobdan iborat bo’lib, unda 10-18-asrlarda Eron, Movarounnahr va Hindistonda yashab ijod etgan 842 shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumot berilgan, ularning asarlaridan namunalar keltirilgan.