Ozuqa birligi

Ozuqa birligi — mollarga yediriladigan yem-xashak to’yimliligini belgilovchi o’lchov birligi. Ozuqa birligining 1 kilogramm quruq suli to’yimligiga teng qilib olingan. Boshqa yem-xashaklar to’yimliligi shunga taqqoslab baholanadi. Masalan, 1 kilogramm quruq beda 0,5; arpa 1,15; 1 kilogramm makkajo’xori 1,4 Ozuqa birligiga teng. Qoramollarda yog’ to’planishiga qarab belgilanadigan bir Ozuqa birligi to’yimliligi 150 gramm ichki yog’ to’planishiga yoki 1414 kkal ga teng. Yem-xashak to’yimliligi baholanayotganda Ozuqa birligidan tashqari, uning tarkibidagi hazm bo’ladigan protein, kaltsiy, fosfor, karotin hamda vitaminlar xam nazorat qilinadi. Amalda yem-xashak to’yimliligi ko’rsatilgan maxsus jadvallardan foydalaniladi. AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ozuqa tarkibidagi hazm bo’ladigan oziq moddalarga qarab baholanadi.