Oykumena

Oykumena (yunoncha oikumene, oikew-joylashaman, yashayman)-yunonlar tasavvurida Yerning aholi istiqomat qiladigan qismi. Oykumena haqidagi dastlabki qaydlar miloddan avvalgi VI asr-V asr boshlarida miletlik Gekateya qalamiga mansub. U Oykumenaga Yevropa (Shimoliy Yevropadan tashqari), Shimoliy Afrika, Kichik va Old Osiyo, Hindistonni kiritgan.