Ozarbayjon tili
Ozarbayjon tili – turkey tillar oilasining o’g’uz guruhiga mansub til; asosan, Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasida, qisman Armaniston, Gruziya, Turkiya, Iroq Respublikalarida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 14 million kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 millionga yaqin — 1979 yil ma’lumotlari). Ozarbayjon tili 4 lahja guruhiga ega: Sharqiy (Kuba, Boku, shemahi lahjalari va Mug’an, Lankaran shevalari); g’arbiy (kazax, Qorabog’, Ganja lahjalari, ayrum shevasi); shimoliy (Nuhin lahjasi va zakatalakox shevasi); Janubiy (naxichevan, o’rdubod, Tavriz lahjalari, Erevan shevasi). Lahjalardagi farklar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi. Ozarbayjon tili fonetikasining boshqa turkey tillarga nisbatan farqli jihatlari: Ozarbayjon tilida 9 unli, 23 undosh tovush bor; barcha o’rinlarda G fonemasining keng qo’llanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va bo’g’iz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) so’z boshidagi ba’zi jarangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va boshqalar. Morfologiyada bir qator affiksal ko’rsatkichlar o’zaro farqlansa, sintaksisda bog’lovchili qo’shma gaplar tizimi rivojlangan. Hozirgi Ozarbayjon tili leksikasining asosiy qismini shu tilning o’ziga man sub va umumturkiy so’zlar tashkil etadi; shuningdek, unda Arab va fors tillaridan o’zlashgan so’zlar ham anchagina. Yozuvi 1929 yilgacha Arab grafikasi asosida, 1929-39 yillarda lotin grafikasi asosida, 1939-90 yillarda rus grafikasi asosida bo’lgan. 1992 yildan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Hozirgi adabiy Ozarbayjon tili (Ozarbayjon Respublikasida) 19-asrning o’rtalarida Boku va shemahi lahjalari asosida shakllana boshlagan.