O’ZBEKISTON ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI

O’ZBEKISTON ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI — huquqni muhofaza qilish organlari uchun xodimlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi. 1994 yil 2 sentyabrda tashkil qilingan. Ichki ishlar organlari yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning vazifasi hisoblanadi. Akademiya tarkibiga ichki ishlar organlari zobitlarini tayyorlash o’quv kurslari, zobitlar malakasini oshirish fakulteti, oliy akademik kurslar, ichki ishlar organlari serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari, 21 kafedra, 14 bo’lim, turli yordamchi xizmatlar kiradi. Akademiyada o’qish muldati: ichki ishlar organlari zobitlari ixtisosliklari bo’yicha 4 yil, ichki ishlar organlari boshqaruvini tashkil etish bo’yicha 1 yil, serjantlar tayyorlash bo’yicha 6 oy. Tinglovchilarga ijtimoiy- gumanitar, iqtisodiyot fanlari, maxsus va umumiy yuridik fanlar o’qitiladi, amaliy faoliyatning ilg’or shakl va uslublari o’rgatiladi. Ularga O’zbekiston Faning 3 akademigi, 19 fan doktori va 13 professor, 87 fan nomzodi va 39 dotsent bilim beradi. Akademiyada 14 ta muammo bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular asosan ichki ishlar organlarining jamoat tartibini muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini, ichki ishlar vazirligi oliy o’quv yurtlarila o’quvtarbiya jarayoni shakl va uslublarini takomillashtirishga qaratilgandir. Bu borada bir necha ilmiy asarlar, darslik va qo’llanmalar yaratildi, 1998 yildan «huquq—Pravo gash» ilmiy-nazariy yuridik jurnal (o’zbek, rus, ingliz tillarida) chop etiladi. Akademiya AQSh, Yaponiya, Germaniya, Vengriya. Shvetsiya, Rossiya va Ukraina davlatlari o’quv yurtlari va huquqtartibot organlari, shuningdek, AQSh Adliya vazirligi, Xalqaro qizil Xoch va boshqalar xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o’rnatgan. 1999 yildan buyon Akademiya tarixi muzeyi ishlab turibdi. 4 ta zamonaviy o’quv binosi, 2 ta yotoqxona, mehmonxona, 14 ta ma’ruzalar zali, 130 o’quv auditoriyasi va o’quv-uslubiy xonalari, 500 ming nusxadan ortiq asarga ega 3 ta kutubxona, bosmaxona, shahardan tashqaridagi harbiydala o’quv markazi, dam olish uyi, uchta zal va basseyndan iborat sport majmuasi, stadion, sport maydonchalari, otish tiri, kriminalistik poligon, telemarkaz va boshqalar bor. Akademiya sportchilari O’zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida turli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, 320 dan ortiq medalni (shundan 50 tasi oltin) qo’lga kiritgan. Akademiya huzurida O’zbekiston xotin-qizlar sambo federatsiyasi tuzilgan.