O’ZGARMAS TOK GENERATORI

O’ZGARMAS TOK GENERATORI — o’zgarmas tokni generatsiyalaydigan (hosil qiladigan) elektr mashina. Asosan, stator, yakor (rotor) va chulg’amlar (sim o’ramlari)dan iborat. Aylanuvchi qismi (yakori)ning chulg’amida induktsiyalanuvchi o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartiradi. O’zgarmas tok generatorining uyg’otish tizimiga bog’liq bo’ladi. O’z-o’zidan uyg’otishli, mustaqil uyg’otishli va aralash uyg’otishli O’zgarmas tok generatorlari mavjud. O’zgarmas tok generatori bir necha Vt dan bir necha ming kVt gacha quvvatga, bir necha V dan bir necha ming V gacha kuchlanishga mo’ljallab ishlab chiqariladi. O’zgarmas tok generatori prokat stanlarida, aerodinamik trubalarda, ekskavatorlar va boshqalarda ishlatiladi.