OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO’JALIGI TASHKILOTI

OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO’JALIGI TASHKILOTI (FAO) — hukumatlararo jahon tashkiloti, BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1945-yil tuzilgan. Vazifasi: ovqatlanish, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha ma‘lumotlar yig’ish va ularni o’rganish, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqani ishlab chiqarish va sotishni yaxshilashga yordam berishdan iborat. Markaziy idorasi Rimda joylashgan. 2009-yil oxirida tashkilotga 180 dan ortiq mamlakat a‘zo bo’ldi.