Pacheko Abel de la Espriella

Pacheko Abel de la Espriella (1933.22.12, San-Xose) – Kostarika davlat arbobi. Kostarika Milliy universiteti va AQSh ning Luiziana davlat universitetini tugatgan. Psixiatriya klinikasi direktori, Kostarika universitet tibbiyot fakulteti professor (1973-76), televideniye sharhlovchisi, mualliflik televizion dasturlarini olib boruvchi (1976-96). Kostarika Sotsial-xristian birlik partiyasi Prezidenti (1996), sotsial-xristian birlik partiyasidan Kostarika parlamentida Kongress a’zosi (1998-2002). 2002 yil 7 apreldan Kostarika Respublikasi Prezidenti.