PACHKAMAR SUV OMBORI
PACHKAMAR SUV OMBORI – Qashqadaryoning kam suvli chap irmog’i — G’uzor daryosida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti. G’uzor tumani markazidan 15 km yuqorida joylash- gan. Kattao’ra va Kichiko’ra daryolaridan to’ldiriladi. Qurilish ishlari 1964 y.da boshlanib, 1967 y.da foydalanish- ga topshirilgan, 1968 y. to’liq qurib bitkazilgan. Omborning suv yuzasi uz. 3,9 km, kengligi 1,8 km. Suv yuzasi mayd. 12,8 km2, eng katta (maksimal) chuq. 51m, o’rtacha chuq. 30 m. Suv ombori daryoning mavsumiy va qisman ko’p yillik suv re- jimini tartibga soladi. To’g’onning ust- ki uz. 593 m, bal. 68 m. Suv omborining o’ng qirg’og’ida uz. 198 m va maksimal bal. 12 m bo’lgan ko’tarma damba qurilgan. Omborning o’ng sohilida suv sarfi 30 m3/s bo’lgan suv chiqargich qurilgan. Suv chiqargichning quyi qismiga 2 ta konus- Simon rostlagich o’rnatilgan. To’g’onning chap tomo-nida suv sarfi 260 m3/s (favqulodda toshqinlarda suv sarfi 480 m3/s) bo’lgan suv tashlagich — chap sohil kanali ochiq holda qurilgan. Suv omborining qurilishi G’uzor tumanining suv ta’minotini yaxshi- lashda va uning iktisodiyotida muhim rol o’ynay-Di, ekin maydonlarini 15 ming gektarga oshirish imkonini ber- Di. P.s.oda baliqchilik xo’jaligi tash- kil etilgan.