PALMETTA

PALMETTA (Fransuzcha palmette) — palma daraxti bargisimon me’moriy bezak, naqsh turi. Palmettalar hoshiyalar, devor bezaklarida qo’llaniladi. Dastlab qadimgi Sharq va Yunoniston, keyinchalik Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlari me’morligida qo’llangan. Palmetta nusxalari amaliy san’atda turli idish, gazlama va boshqalarni badiiy bezashda foydalaniladi.