Panjob

Panjob — Hindistonning shim.- g’arbiy qismidagi shtat. Satlaj daryosi havzasida. 1956 y.da tuzilgan. Mayd. 50,4 ming km2. Axrlisi 24,3 mln. Kishi (2001); panjobi va hindi tillarida so’zlashadi. Ma’muriy markazi — Chan- digarx sh. Hindgang tekisligining shim. qismida. Daryolari yozgi musson davrida toshadi. Relefi bir oz qiya, jar ko’p. Iqlimi tropik iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 15°, mayniki 35° gacha. Yillik yog’in 700 mm gacha. Barg to’kuvchi, doim yashil va igna bargli o’rmonlar bor. P. — xind madaniyatining qad. Mar- kazlaridan. Hindistonning chegara vilo- yati bo’lgan P. qadimda va o’rta asrlarda qo’shni mamlakatlar b-n bo’ladigan sav- do ishlarida muhim rol o’ynagan va bu mamlakatlar b-n iqtisodiy va madaniy aloqalarga ega bo’lgan (q. Panjob tari- xiy viloyatiga). Iqtisodiyotida dehqonchilik etakchi o’rinda. Mamlakatning bugdoy va ingich- ka tolali paxta etishtiriladigan asosiy q.x. rayonlaridan. Ishlanadigan erlar- ning yarmiga yaqini sug’oriladi. Asosiy oziq-ovqat ekini — bug’doy (mamlakatda olinayotgan bug’doy hosilining 1/4 qismi), dukkakli ekin- lar, arpa, makkajo’xori, tariq, kartosh- ka va sholi. Texnika ekinlaridan paxta, shakarqamish ekiladi. Kangrada choy plan- tasiyalari bor. Chorvachilikda qoramol, qo’y va echki, tuya boqiladi. Sanoati q.x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixti- soslashgan. To’qimachilik (ip gazlama, shoyi, movut) korxonalari, shakarqand, tsement, mineral o’g’it, og’ir suv z-dlari, ta’mirlash US-taxonalari, qog’oz, choy f-kalari va b. bor. Hunarmandchilikda gilam, poyab-zal, yog’och buyumlar ishlab chiqariladi. P. orqali Hindistonni Po- kiston b-n bog’lovchi asosiy transport yo’llari o’tgan. Chandigarh sh.da aeroport bor. Turizm rivojlangan.