Panjobi, Panjob tili

Panjobi, Panjob tili — hind (hind-oriy) tillaridan biri. Hindistondagi Panjob shtatining ras- miy tili; shuningdek, Pokistonning ayni nomdagi viloyatida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 90 mln. kishidan ortiq (Hindistonda 30 mln.ga yakin, Pokistonda 60 mln.dan ko’proq). Asl P. (Sharqiy P.) bir qancha laxjalarga bo’linadi; ularning asosiy- lari: majhi (adabiy tilga asos bo’lgan) va dogri (alohida xususiyatlarga ega bo’lib bormoqda). Unga lingvistik ada- biyotlarda «lahnda (lendi)» degan umu- miy nom olgan g’arbiy Panjob tillari va lah-jalari qo’shilib ketadi. Tuzilishiga ko’ra, P. hindiy va urdu tillariga yaqin. Aslida agglyutinativ til bo’lgan P.da keyinchalik fleksiya ham rivojlangan. Leksik, Grammatik jihatlari hindiy tiliga o’xshasada, fonetik jihatdan undan keskin farq qiladi. P.da cho’ziq va qisqa unlilar, o’ziga xos undosh tovushlar bor; so’z ur- g’usi kuchli. Otlar 2 jins va 6 kelishik shakllari b-n o’zgaradi. Lug’at tarki- bining taxm. 60%ini qad. hind tili- ga mansub so’zlar tashkil etadi. Unda Arab, fors, turkiy va ingliz tillaridan o’zlashgan so’zlar ham anchagina. P.da yaratilgan dastlabki badi- iy asarlar 12-13-a.larga taalluqli bo’lsada, u asosan 16-a.dan rivojlangan. P. Hin-distonda hindiy tili, Pokiston- da urdu tili ta’sirida rivojlanmoqda. P. Hin-distonda sikxlar tomonidan 16-a.da yaratilgan gurmukhi yozuvi hamda devanagaridan, Pokistonda Arab alif- bosi asosidagi urdu yozuvidan foydala- nadi.