Paragvay
Paragvay — Janubiy Amerikadagi daryo, Parananing o’ng irmog’i, Braziliya va Paragvay hududlarida, ayrim qismlari Paragvay, Braziliya va Argentina o’rtasidagi davlat chegarasidan oqadi. Uzunligi 2500 kilometr, havzasining maydoni 1,2 million km2. Braziliya yassitog’ligining shimoliy-g’arbiy qismidan boshlanib, Janubga tomon Pantanal botqoqliklari, Gran- Chako pasttekisligi bo’ylab oqadi. Daryoning kengligi o’rta oqimida 350-600 metr, quyi oqimida 1000-1500 metr, chuqurligi 10— 20 metr. Yog’ingarchilik davrida toshadi. O’rtacha suv sarfi Asunson sh. yonida 2940 m3/s, quyilish joyida 4000 m3/s Paragvay — Paragvayning asosiy transport yo’li. Korumba shahrigacha kema qatnaydi, Asunson shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Paragvay bo’yida Asunson, Konsepson shaharlari joylashgan.