Parana

Parana (guarani indeyslari tili- da — katta Daryo) — Jan. Amerikadagi dare, kattaligi bo’yicha qit’ada Amazonka daryosidan keyin 2-o’rinda. Braziliya va Argentina hududlarida, qisman Argen- Tina b-n Paragvay chegara-sidan oqadi. Uz. 4380 km, havzasining mayd. 2663 ming km2 (Urugvay daryosi b-n birga 2970 ming km2). Riograndi va Paranaiba daryolari- ning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Bra-ziliya yassitog’ligidan boshlanadi. P.da Ostona va sharshara ko’p. Dare Parana la- Vali platosini kesib o’tgach, Posadas sh. yonidan boshlab La-plata paettekisligi- dan oqadi. Quyi qismida Urugvay Daryo- si b-n qo’shilgach, Atlantika okea-nining La-plata qo’ltig’i (estuariysi)ga kuyi- ladi. Yomg’ir suvlaridan to’yinadi. To’lin suv davri yanv.—may oylariga to’g’ri ke- ladi. Quyi oqimida yillik o’rtacha suv sarfi 17,5 ming m3/s, maksimali 30 ming m3/s. Dare yiliga okeanga 552 km3 (urug- vay daryosi b-n birga 725 km3) suv, 150 mln.t gacha oqiziq keltiradi. Posadas sh.gacha kema katnaydi. Yirik GES va suv omborlari qurilgan. P. buyida Posadas, Korrientes, Santa-Fe, Parana, Rosario; La-plata estuariysi sohilida Buenos- Ayres va Montevideo sh.lari joylash- gan.