Parana
Parana — Braziliyaning Jan. qismidagi shtat. Mayd. 199,7 ming km2. Axrlisi 9,5 mln. kishi (2000). Ma’- muriy markazi — Kuritiba sh. Yirik shaharlari — Paranagua, Ponta-Gro- sa, Londri-na. Hududining katta qismi pastroq platodan (bal. 400-900 m) ibo- rat, uning Sharqiy qismini Serradu— Map tizmalari (eng baland joyi 1889 m) egallagan. Ikdimi tropik, o’rtacha oylik t-ralar 14-19° dan 20-25°gacha. Yillik yog’in 1500-2000 mm. Iqtisodiyotining etakchi tarmog’i — q.x. Shim. va shim.-g’arbida kofe plan- tasiyalari mavjud. Shuningdek, paxta, shakarqamish ekiladi, apelsin, ananas etishtiriladi. Shtat Jan.da kartosh- ka, makkajo’xori, bug’doy, arpa ekila- Di. Chorvachilik rivojlangan: qoramol, qo’y, echki, cho’chqa boqiladi. P. — muhim o’rmonchilik r-ni: yog’och va tsellyuloza- qog’oz sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, to’qimachilik korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, rangli metall (oltin, kumush, qo’rg’oshin) eriti- ladi. Foydali qazilmalardan qo’rg’oshin, temir ruda-si, toshko’mir qazib olinadi.