Parapsixologiya

Parapsixologiya (para… va psixologiya) — psixologik tadqiqot sohasi; fikrni hech qanday vositalar- siz ma’lum masofaga uzatish imkoniyati to’g’ri-sidagi ma’lumotlarni o’rganish b-n shug’ullanadi. P. psixik holatlarga taallukli tasavvurlar va farazlar- ni o’zida aks ettiradi, lekin ularning talqini chuqur ilmiylikka ega emas. G’ayritabiiy ravishda u yoki bu holat va hodisalar idrok qilinishi taxmin eti- ladi, biroq inson tomonidan bunday ax- borotlarni hissiy a’zolar orqali qabul qilinishi fanda tasdiqlanmagan. P. o’rganadigan va unga yondosh sohalar: te- lepatiya — fikr va his-tuy-g’ularni sez- gi organlari ishiga va aqliy muhokamaga asoslanmagan holda tashqi olamdagi ob’- ektiv voqealar xaqida ma’lumot olish; proskopiya (ba-shorat qilish) — kelgu- sidagi hodisalarni aytib berish, psi- xokinez — kishining tevarak-atrofdagi buyumlar-ga, ularni joyidan qo’zg’atishga FIK-ran ta’sir etishi; paramedisina — bemor qo’lini ushlab turib yoki Fi- kran ishontirib, yo bo’lmasa boshqa g’ay- ritabiiy usullar b-n davolash; xiroman- tiya — qo’l kaftiga qarab fol ochish, in- son kelajagi va uning taq-diri haqida bashorat qilish; spiritizm — o’lgan odamlarning ruxlari b-n aloqa o’rnatish, ular b-n muloqot qilib turishga da’vat qiluvchi g’oya. P. g’aroyib, noyob hodisalarni 19 – a. oxiridan boshlab tadqiq qila bosh- ladi. Ammo telepatiya, tush ko’rish, g’oyibdan yaqqol ko’rinish va ixtiyorsiz hara-katlarning ilmiy asosi ochilma- gan bo’lsada, ular gipnoz, o’ta sezgir- lik, insondagi noyob xotira, hisoblash qobiliyatining qonuniyatlarini tushu- nishga yordam berdi. Lekin hozirgacha bu xil muammolar keskin bahslarga sabab bo’lmoqda. Ko’pchilik psixolo- glar bu sohada tajribalarni davom et- tirish maqsadga muvofiqligini inkor qilishmasa ham parapsixologlarning ilmiy asoslanmagan da’volari va shov- shuvli fiqolariga qarshi chiqmoqdalar. P.ning sinonimi — psixotronika. Ergash G’oziev.