Parashyut

Parashyut (para… va Frans. Chuite — tushish) -1) yukrridan (mas, samolyot- dan) tushayotgan odam yoki yuk tezligini atmosfera qarshiligi hisobiga kamay- tiradigan apparat. Leonardo da Vinchi P. g’oyasini ilmiy asoslab bergan. 18-a. da frantsuz J. Mongolfe oddiy P. b-n minoradan sakragan. Hozirgi avi- asiya P.ini Rossiyada birinchi marta G.E.Kotelnikov yaratgan (1911). P. gumbaz va osma tizimlardan ibo-rat (rasm). Samolyotdan sakrash, borish qiyin bo’lgan joylarga yuk tashlash, yong’indan muqofaza xizmatchilarini o’rmonning yonayotgan joylariga tushirish; maxsus havo-desant qo’shinlari va harbiy texni- kani tashlash va b. maqsadlarda ishlati- ladi. Shunga ko’ra, qutqaruv, qo’ndiruv, tormoz va sport P.lari kabi xillarga bo’linadi. P. pishiq ma-todan tayyorlana- Di. Vertolyot yoki samolyotdan sakrashda ishlatiladigan P.lar parashyutchi to- monidan tortish halqasini bevosita tortish yo’li b-n yoki sakrovchining ish- tirokisiz ochiladi. Yuk tashlat P.lari odam ishtirokisiz ochiladi. Buning uchun maxsus tizimcha bo’lib, bir uchi samo- lyotga, ikkinchi uchi tortish halqasiga mahkamlab qo’yiladi. Parashyutchi samo- lyotdan tizimcha uzunligicha uzoklashi- shi b-n halqa tortila-Di va P. Gumbazi ochiladi. P. gumbazining yuzasi 0,01 dan bir necha ming m2 gacha bo’lishi mumkin. P.ning tushish tezligi 1-5 m/s; 2) lift shaxtasida bosh arqon uzilib ketgan yoki tormoz ishlamay qolgan xrllarda, shu- ningdek, klet yo’l qo’yilgan tezlikdan tez tushganda uni ushlab qoluvchi kurilma.