Parchinlash

Parchinlash — list metall hamda prokat materiallardan yasaladigan kon- struktsiya elementlaridan parchin mix- lar yordamida ajralmas birikma hosil qilish. Parchin mix — tana va kallakdan iborat mahkamlash detali. P. Quyidagi amallarni o’z ichiga oladi: parchin mix o’rnini ochish (parmalash yoki o’yish); par- chin mixning yashirin kallagiga uya ochish (zenkerlash yoki shtamplash); parchin mix- ni teshikka o’rnatib, ikkinchi tomoni- dan kallak hosil qilish (presslash yoki urish). P. bolg’alar, presslar va avtomat- lar yordamida bajariladi. P. bolg’asi — zarb beruvchi pnevmatik mashina. Parchin mixda kallak hosil qilish uchun ishlati- ladi. P. mashinasi parchinlash presslari vaavtomatlarigabo’linadi. P. pressla- rida parchin mixning ikkinchi kallagi hosil qilinadi. Parchin mix tanasi ikki shtamp orasiga o’rnatiladi. Mashina Pu- Ansoni (zarb berish detali) bir marta yurganda shtamp bir yoki bir nechta parchin mixni parchinlaydi. P. Avtomatlarida barcha operasiyalar; buyumlar sirtini te- kislash, ularni si-qish, teshik parmalash va zenkovkalash, parchin mix o’rnatish, P., buyumni sil-jitish va b. bajariladi; bunda mexa-nizmlar avtomatik tarzda boshqariladi. P.da qo’llaniladigan par- chin mixlarning yarim doiraviy, yashi- rin, tsilindrik, konus kallakli xillari bor. Ularning o’lchamlari davlat Stan- dartlarida belgilab qo’yiladi. Stan- dart parchin mixlardan tashqari maxsus: naychali, portlovchi va b. parchin mixlar qo’llaniladi. Po’lat, mis, latun, alyumi- niy va b. materialdan tayyorlanadi. Par- chin mix materiali biriktiriladigan detallar materiali b-n bir xil olinadi. P. kemasozlik, vagonsozlik, samo- lyotsozlik va b. sohalarda qo’llaniladi. Sandiqsozliktsa sandiqning yuz tomo-ni- ga gulli naqsh chiqarish, tunuka b-n ish- lash ham P. deyiladi.