Parda Tursun
Parda Tursun (taxallusi; asl ism-sharifi Tursunov parda) (1909.7.11, Namangan viloyati Pop tumani Chor-kesar qishlog’i — 1957.28.9, Toshkent) — yozuv- chi. Almaiy nomidagi o’lka uzbek namuna ishmaktabi (1923-27), Toshkent pedago- gika bilim yur-tida (1927-28) o’qigan. «Batrak» gaz.da mas’ul kotib (1930-31), «Kizil O’zbekiston» gaz.da adabiy xodim (1931-34; 1939-40). 1935-36 y.larda O’rta Osiyo plan-iqtisod in-tida bir- muncha muddat taqsil ko’rgach, O’zbekiston Markaziy Ijroiya qo’mitasi raisi ko- tibi (1937-38), O’zbekiston telegraf agentligi (1940-45)da adabiy xodim va muharrir, partiya tarixi in-tida ilmiy xodim (1948-50). P.T.ning adabiy faoliyati 1929-30 y.larda kichikkichik hikoyalar yozish b-n boshlangan («alvasti», 1929; «zo’rlik», 1932 va b. to’plamlar). P.T.ning bu hikoyalaridan keyinchalik uning «haq yo’l» (1947) avtobiografik qissasi «o’sib chiqqan». P.T. 1940 y.da yozilgan bu qissasi ustida uzoq vaqt ishlab, uni 1947 y.da nashr etadi. Keyinchalik mazkur qissaga sayqal berish, unda belgilangan qaxramonlar hayoti va jamoalashtirish davri manzaralarini tasvirlashda da- vom etib, dastlab «o’qituvchining yo’li» (1949), keyin esa «o’qituvchi» romanini (1951) yozadi. Toshkent va Namangandagi bir necha maktab va ko’chalarga P.T. nomi berilgan. Ac: O’qituvchi |Roman], T., 1972. Ad.: Ikromov O., Parda Tursun. Ada- biy portret, T., 1968; Uzbek adabiyoti ta- rixi, 3-j., T., 1972.