Pari

Pari — Sharq xalqlari folklor- larida keng tarkalgan mifologik obraz; ma’shuqa timsolining ideallashgan shak- li; go’zallik ramzi. Dastlab «Avesto»da payrika shaklida uchraydi. Rivoyatlarga ko’ra, P.lar Ko’hi Qof tog’i yaqinidagi Eram bog’ida yashaganlar, o’z shohi va salta- natiga ega bo’lishgan, ularni g’ayritabiiy kuchlar — devlar qo’riqlagan. Ertaklar- da P. nihoyatda go’zal, aqlli, Donish- mand, latofat va nazokat egasi sifatida ta’riflangan. U sehrli xususiyatlarga ega bo’lib, o’rni kelganda turli qiyofaga kira ola-Di, o’zining adolatli harakati, to’g’ri va aniq maslahatlari b-n qahramon g’alabasiga imkon yaratadi («Oypari», «Guliqahqahpari», «Xurshid b-n Laylo», «Odilbek b-n Xurram» kabi). «Go’ro’g’li» turkumi dostonlarida P. va-Fodor ayol, do’st, maslahatgo’y, aqlu farosatda, ja- soratda va obro’da ko’pincha erkaklar- dan ham qolishmaydigan, ular b-n bir- ga jangga kirib, qahramonlik ko’rsata oladigan obraz sifatida tasvirlangan. Folklor asarlarida P.lar xayoti orkali inson turmushining ideal manzaralari aks etgan. P. obrazi mumtoz adabiyotda xam ko’p uchraydi (mas, Alisher Navoiy g’azallarida). Ad.: Afzalov M.I., Uzbek xalk, erta- klari haqida, T., 1964; Razzoqov H. va b., Uzbek xalq og’zaki poetik ijodi. T., 1980.