Parket
Parket (Frans. parquet) — tu- rar joy va jamoat binolari pollariga qoplash uchun mo’ljallangan yupqa taxta- cha yoki shunday taxtachalardan qilingan Pol. Taxtachalar har xil geometrik shak- llarda teriladi (qoqiladi). P. Pol kur- kam chiqadi, tovush va issiklikni uncha o’tkazmaydi. Qattiq jinsli yog’och (zarang, eman, qayin, yong’oq, qora qayin va b.) dan tayyorlanadi. Yigma, shitli va listli xillari bor. Yig’ma P. uzunligi 150— 500 mm, eni 35 -90 mm va qalinligi 12-20 mm li to’g’ri to’rtburchak planka taxtachalardan ibo-rat. Har bir taxtacha chetlariga ariqchalar qilinadi. Taxtacha qoplashda oldin polga siyrakroq qilib taxtalar qoqilib, ustiga karton yoki qog’oz to’shaladi. Taxtachani shu to’shama usti- ga qo’yib, yonidagi ariqchasiga qiyalatib mix qoqiladi, ariqchaga tirnoq (en-siz yupqa taxtacha) tiqiladi, tirnoqning ariqchadan chiqib qolgan qismini navbat- dagi taxtacha ariqchasiga ki-ritib, shu taxtachaning narigi chetidagi ariqchasiga mix qoqiladi. Taxtachalar birin-ketin shu tarzda mahkamlab ke-tilaveradi. Tax- tachalarni har xil naqsh hosil bo’ladigan qilib krqish mumkin. Shitli P. 5×1,5 m gacha o’lchamli shit tarzida tayyorlanadi. Shitlar siyrak qoqilgan taxtalar ustiga mix b-n mah-kamlanadi, shitlar orasida hosil bo’lgan tirqishga yupqa taxtacha- lar ti-qib yopishtiriladi. L istl i P. qattiq yog’och-tolali plitalar ustiga yupqa (4— 6 mm li) taxtachalar yopishtirib tayyorlanadi. Agar P.-Pol beton ustiga qoplanadigan bo’lsa, Pol ustiga oldin Rey-kalar qo’yib, ularning ustiga siyrak qilib taxtalar qoqiladi. P. -taxtachalar ana shu taxtalar ustiga qoplanadi. P.ni randalaydigan, pardozlaydigan maxsus mashinalar bor. Pardozlangan P. Polga lok surkaladi. P.ni yuvib bo’lmaydi, nam qipiq, nam latta b-n artiladi, odatda, har oyda bir marta maxsus. P. mastika- si b-n (movut latta yoki chutka yordamida) pardozlab turiladi.