PARLAMENTARIZM

PARLAMENTARIZM — davlat hokimiyati tuzilishi shakllaridan biri bo’lib, davlat organlari tizimida parlament yetakchi mavqeni egallaydigan boshqaruv tizimi hisoblanadi. Bunda parlament imtiyozli mavqega ega bo’lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning funksiyalari aniq belgilab beriladi. Parlamentarizmda hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Parlamentarizm tarixi Angliyada 1215-yil qabul qilingan ―Erkinlikning Buyuk xartiyasidan boshlansada, XVI-XVIII asrlardagi inqiloblar davrida vujudga kelgan. Bu davrning ilg’or vakillari davlatni oqilona tuzish va tashkil qilish uchun hokimiyatni avvalo qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’lish kerakligini da‘vat qilganlar va shu yo’l bilan mavjud davlat mexanizmi tizimida mamlakatda qonun chiqarish va sudlovni amalga oshirish ustidan o’z nazoratini o’rnatishga, hatto hukumatni tashkil qilishda qatnashishga muvaffaq bo’lganlar. Natijada Parlamentarizmning shakllaridan biri – konstitutsiyaviy monarxiya (Angliya va boshqa mamlakatlarda) ta‘sis qilingan. Ijtimoiy aloqalar tuzilishi murakkablasha borishi bilan ijro etuvchi hokimiyat (prezident, hukumat) vakolatlarining kuchayish jarayoni yuz bermoqda.