PARLAMENTDA OVOZ BERISH

PARLAMENTDA OVOZ BERISH — davlatning oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organida muhokama qilinadigan va hal qilinadigan masalalar yuzasidan deputatlar xohish – irodasini aniqlash usuli. Ochiq ovoz berishda (qo’l ko’targanda, o’rnidan turganda, nomma-nom ovozga berishda va h.k.) har bir deputatning qanday to’xtamga kelganini atrofdagilar ko’rib-bilib turadi. Zamonaviy parlamentlar ochiq ovoz berishda har bir deputat qanday ovoz berayotganini ―yoqlashi, ―qarshiligi yoki ―betarafligini tabloda ko’rsatadigan elektron ovoz hisoblash tizimidan foydalanmoqda. Agar parlamentning Reglamentida nazarda tutilgan bo’lsa, so’ragan deputatga tegishli ma‘lumotlar berilishi mumkin. Yashirin ovoz berish ko’pincha maxsus byulletenlar vositasida amalga oshiriladi. Ularni deputat shaxsan (qoida tariqasida, maxsus xona yoki bo’lmada) to’ldiradi va ovoz berish qutisiga tashlaydi. Shu tufayli deputat qanday to’xtamga kelgani atrofdagilarga noma‘lum bo’lib qoladi. Elektron tizimdan foydalangan holda yashirin ovoz berishni o’tkazish mumkin, lekin bunda deputatlarning nomma-nom ovoz berishi to’g’risidagi ma‘lumotlar elektron tizimning xotirasiga kiritilmaydi.