Parnik
Parnik (rus.) — usti oynavand romlar yoki shaffof plyonka b-n yopila- digan inshoot. Asosan, karam, bodring, pomidor, gul ko’chatlari etishtiriladi. Sabzavotchilikda P.ning bir va ikki nishabli; chuqur va er ustki; of-tob, biologik yoqilg’i va texnika vositalari (suv hamda elektr) yordamida isitiladi- gan turlari bor. O’zbekistonda biologik yoqilgi b-n isitiladigan bir nishabli (20 romli) chuqur va yuza P. ko’p ishla- tiladi. P. quriladigan er issiq, sha- mollardan to’silgan, old tomoni g’arbga qaragan bo’lishi kerak. P. qurish uchun tepa tomoni 150 sm, tag tomoni 120 sm kenglikda, 60-70 sm chuqurliqda xandaq qaziladi. Parniklar ustiga yopiladigan romlarning bo’yi va eni 160 x yu6 sm yoki 213 x 107 sm bo’lib, ular pishiq, tez chirimaydigan yog’ochdan yasaladi. Xandaq che-tiga qo’yiladigan yog’ochlar mis kuku- nining 10% eritmasida bo’ktiriladi. Qanday ekin ekilishi va foydalanish muddatiga qarab, P.lar issiq, iliq va sovuq bo’ladi. Issiq P. 70-80 sm chu- qur qilinib, 50-60 sm qalinlikda yangi go’ng solinadi va qishda foydalaniladi. Iliq P. 50-60 sm chuqur qilinadi, 30— 40 sm qalinlikda go’ng solinadi va erta bahorda foydalaniladi. Sovuq P. 25— 30 sm chuqur qilinib, go’ng solinmaydi. P.dagi biologik yoqilg’ining qalinligi 10-12 sm, pikirovka qilinadigan P.dagi esa 15-18 sm, erdan P. romi- gacha bo’lgan oraliq 8-12 sm bo’ladi. Issiqxona xo’jaligining rivojlanishi va P.larning iqtisodiy samarasi yuqori bo’lmagani sababli 20-a.ning 80-y.la- ridan boshlab ko’proq shaxsiy tomorqa xo’jaliklarida ishlatiladi. Rafiqa G’anixo’jaeva.