Parotit
Parotit (para… va Yun. otos — quloq), tepki — kuloq oldi so’lak bez- ining yallig’lanishi. Epidemik bo’lmagan P. va epidemik parotit farkdanadi. O’tkir epidemik bo’lmagan P. ko’proq katta yoshdagi kishilarda kuzatiladi va yuqumli kasalliklar (TIF, dizenteriya va b.), og’ir operasiyalar, bezlarning za- rarlanishi, stomatit va b. Oqibatida paydo bo’ladi, ko’pincha stafilokok- klar qo’zg’atadi. Kasallik boshlanishi- da so’lak bezlari shishib, qattiq bo’lib qoladi, og’iz qaqraydi, pastki jag’ning harakatlanishi qiyinlashadi. Gavda t-rasi ko’tarilib, bez yo’lidan yiring ajraladi. Ba’zan yuz nervi zararlanib nevrit paydo bo’lishi, bez massasining nekrozga uchrashi, abssess vujudga ke- lishi va b. asoratlar qolishi mumkin. Kasallik, asosan, 10-15 kunda tuzala boshlaydi yoki qaytalab turadigan Su- runkali shaklga o’tadi. Davosi. Shishni qaytaruvchi dori- darmonlar, antibiotiklar, parhez bu- yuriladi, abssess hosil bo’lganda opera- tsiya qilinadi.