Parshin Vil Semyonovich

Parshin Vil Semyonovich (1927.7.12, Toshkent) — grafik rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1982). Parshin Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1949) va Vilnyus badiiy instituti (1957)ni tugatgan. Parshin, asosan, dastgoh grafikasida ijod qiladi. Parshin ijodiga quvnoq kayfiyat, ochiq yumor hissi xos, kundalik dolzarb hayotiy masalalar sodda shaklda tasvirlanadi: «1966 yil 26 apreldan so’ng» (Toshkent zilzilasiga bag’ishlangan) linogravyuralar turkumi (1967); «paxta bayramida» (1967), «biz shu yerda yashaymiz» (1967) turkumlari; «Navoiy» albomiga ishlangan gravyuralar, «ilk qadamlar» linogravyuralar turkumi (1971) va boshqalar.