Parvonachi

Parvonachi-XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida mavjud bo’lgan mansab; vazir muovini, farmon ijro qiluvchi. Parvonachi xon farmonlarini yozib tegishli kishilarga yetkazib turgan. Yuqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi tomonidan bitilgan farmonni uch kun mobaynida o’z sallasiga qistirib yurishi lozim bo’lgan.