Parxish

Parxish — o’simliklarni vegetativ yo’l bilan ko’paytirish usullaridan biri. Parxish qilishda asosiy o’simlikning bir necha kurtakli novdasi (poyasi) yerga yotqizilgan holda ko’milib, kurtakli uchi yer betiga chiqarib qo’yiladi va ko’milgan qismi ildiz olmaguncha asosiy o’simliqsan ajratilmaydi. Ildiz olgandan keyin asosiy o’simlikdan ajratiladi, shunda u mustaqil holda o’sadi va rivojlana boshlaydi. Bu usuldan mevachilik, tokchilik, manzarali bog’dorchilik va o’rmonchilikda keng foydalaniladi.