Passakalya

Passakalya (ispancha pasar — o’tmoq va calle — ko’cha) — 1) 16-a.dan mehmonlarni kuzatish jarayonida ijro etiladigan tantanavor yoki marshsi- mon ispancha raqs. Jiddiy, ulug’vor va ko’tarinki ruxda yangraydigan musiqa asari sifatida 17-18-a.larda G’arbiy Evropa mamlakatlarida keng tarqalgan (G.Pyorsell, K.Monteverdi va b.). Fran- tsiyada yakka raqqos yoki raqqosa ijrosida- gi bal raksi (J.B.Lyulli va b.); 2) organ, klavir uchun yozilgan variasiya shaklidagi pesa. Musiqa o’lchovi 3/4 yoki 3/2. P., odat- da, ulug’vor, ba’zan g’amgin, fojiaviy xa- rakterga ega. D.Buk-stexude, F.Kuperen, I.S.Bax, G.Gendel va b. P. yozgan. 20-a. kompozitorlari ijo-dida P. Turkumli asarlar qismi sifatida keng o’rin olgan (M.Reger, A.Shyonberg, A.Berg, A. Onegger, B. Britten, P.Xindemit, D.Shostakovich, Q. Qora-eV va b.). O’zbekiston kompozitor- laridan B.Gienko, G.Mushel, M.Tojiev va b. ijodida P. namunalari mavjud.