Paster (Pasteur) Lui
Paster (Pasteur) Lui (1822.27.12, Dol, Frantsiya — 1895.28.9, Vilnyovl Etan, Parij yaqinida) — frantsuz kimyo- Gari va mikrobiologi, hoz. zamon mikro- biologiyasi va immunologiyasi asoschila- ridan biri. Parij FA (1862) va Fran- tsiya tibbiyot akademiyasi (1873), Frantsiya akademiyasi (1886) akad. Strasburg un-ti (1849), Lill un-ti (1854), Oliy nor- mal maktab (1857) va Parij un-ti (1867) prof. 1888 y. Parijda xususiy mikro- biologiya i.t. in-tini (Paster in-ti) tashkil qiladi va boshqaradi. P. spirtli (1860), sut kislotali va yog’ kislotali (1861) bijg’ishlar mikroblar- ning ferment i.ch. faoliyati sa-babli Vu- judga kelishini, kislorodsiz sharoitda yashaydigan mikroblar — ana-eroblar borligini isbotladi. P.ning vino hamda pivolarning achib qolishi va pilla qurti kasalliklari (1870) sabablarini aniklab, bu mikroblarga qarshi samara- li chora-tadbirlarni (pasterizasiya usu- li) ishlab chiqishi sanoat va oziq-ovqat mikrobiologiya -sining shakllanishiga asos bo’ldi. P. dunyoda birinchi bo’lib ilmiy izlanishlar natijasida parran- dalar vabosi (1879), kuydirgi (1881) va quturish (1885) kasalliklariga qarshi vaktsina tayyorlash usulini ishlab chik- Di va kasallikning oldini olishda kuch- sizlantirilgan kasallik qo’zg’atuvchi b-n emlash mumkinligini tasdiqlab, immu- nizasiya (immunlash)ga asos soldi. P. oziq muhitlarga tashqaridan bego- na mikroorganizmlarni tushirmaslik va yiringli yaralarga qarshi kurashish usullarini ishlab chikib, aseptika va antiseptikaga asos soldi. P. o’z ilmiy izlanishlarining natijalari asosida mikroorganizmlar o’zidan-o’zi vujudga keladi degan nazariyani rad etdi. As: Izbrannie Trudi, t. 1-2, M., 1960.