Pasternak

Pasternak (Pastinaca) — soyabon- guldoshlar oilasiga mansub ikki va ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi, sabzavot ekini. P.ning 15 turi bo’lib, shulardan 5 turi Kavkazda uchraydi. Ekma P. (P. sativa) turi ekiladi. Evrosiyo, Amerikada ko’p tarqalgan. P. 2 yillik o’simlik. 1-yili barglar va ildiz-me- va hosil qiladi. 2-yili sershox Nov- dalar berib gullaydi. Barglari patsi- mon tik, ildiz-mevasi etli, sargash oq, silliq. Shakli konussimon yoki yumaloq cho’ziq, gullari mayda to’pguli soyabon- Simon, chetdan changlanadi. Mevasi qo’sh pista, urug’i mayda, oq va Ji-garrang. P. sovuqqa chidamli, namsevar xushbo’y o’simlik. Ildizini qor ostidan kav- lab olib yangi sabzavot sifatida ishla- tish mumkin. Il-dizida 17-18% quruq modda, 8-10% qand, vitaminlar, efir moyi mavjud. Uni ziravor sifatida ham ishlatish mumkin. O’stirish agrotexni- kasi sabzi singari. Yaproklari oshko’k sifatida ovqatga ishlatiladi. P. urug’i O’zbekistonda erta bahorda yoki kech kuzda sepiladi, gektariga 4-6 kg urug’sarfla- nadi. Hosildorligi 400-700 ts/ga.