Pasxa orolidagi haykallar qaydan paydo bo’lgan?

1712 yildagi Pasxa hayiti kunida gollandiyalik admiral Yakob Rogevinning kemasi Tinch ummonining Janubiy qismidagi maysalar poyandozi bilan qoplangan orolning qirg’oqlariga langar tashladi. Admiral o’zi ochgan zaminni Pasxa oroli deb ataydi va tez orada bu maskan bag’oyat serjumboq joy ekanligini sezib qoladi. Orol kishilar yashaydygan eng yaqin makondan 1 500 milya yiroqda joylashgan edi. Orol aholisi taxminan 1 000 nafar mahalliy elat — qoratanli polineziyaliklardan iborat edi. Tadqiqotchi orolda topishga muyassar bo’lgan eng qiziqarli narsalar quyidagilardir. Admiral butun qirg’oq bo’ylamasida tik-vertikal holatda turgan bahaybat odamzot kallalarini ko’radi, ulardan har biri yaxlit qoyatoshlardan taroshlangandi. Toshlar bir-biriga o’xshash cho’zinchoq bag’oyat uzun quloq supalariga ega yuzlarni aks ettirar edi. Ayrim haykallarning qo’llari bo’lsa, boshqalarida — qirmizi rangli vulqon lavalaridan shlyapalar bor edi. Admiral tez orada haykallar nafaqat sohilda turganligini, qolaversa butun Orol bo’ylab sochilib yotganligini bilib oladi. Tashlandiq tosh konlarida bir talay nihoyasiga yetmaganlarini ham topishga muyassar bo’lishadi. Ibtidoiy qabilalar yer yuzining barcha go’shalarida odatda u yoki bu ma’noda ularning dinlari bilan bog’liq har xil san’at turlarining shakllaridan foydalanishgan, lekin Pasxa orolidagi haykallariga o’xshash biror narsani kishilar boshqa biror joyda uchratish baxtiga muyassar bo’lishmagandi! Gapning po’stkallasini aytganda, ular mohiyati e’tibori bilan hanuzga qadar olimlar nazdida jumboqligicha qolmoqda. Muammolardan biri, masalan, shundaki, ibtidoiy odamlar naq 50 tonnalik haykalni tosh konidan dengiz sohiligacha qanday tashib kelishganidadir. Bunda ular transport vositalarining qaysi turidan foydalanishdi ekan? Buni-da bilmaydi hech kim! Mutaxassislar, haykallar qay bir ma’noda ibtidoiy diniy ibodatlar va kishilarni dafn etish marosimlari bilan aloqadordir, deb faraz qilishadi. Ko’pgina haykallar XVIII asr mobaynida orolda avj olib ketgan urushlar davomida atayin sindirib tashlangandi. Shunday bo’lsa-da, hatto orolning hozirgi aholisi bu haykallar aslida nima ekanligini tushuntirib bera olishmaydi. Hozirgi paytda Pasxa oroli — Chilining mustamlakasi. Butun Orol, uncha katta bo’lmagan qismini istisno qilganda, mahalliy qavmga o’tloq sifatida havola etilgan. Orolning o’lchamlari katta emas: uzunligi taxminan 20 va kengligi 12 km.ni (eng keng joyida) tashkil etadi.