Patnisi naqsh

Patnisi naqsh – naqsh turi; to’rtburchak shakl ichiga patnis shaklini eslatuvchi (naqshning nomi shundan) yakka yoki qo’sh tanob chiziladi, qolgan qismi islimiy naqsh b-n to’ldiriladi. Ba’zan qo’sh tanob oralig’i enli (keng) olinib ichiga islimiy naqshlar ishlanadi, bu naqshlar boshqa islimiylardan alohida mustaqil bo’ladi. Tanobning sirti b-n ichidagi islimiy naqshlar bir-biriga ulanishi yoki mustaqil bo’lishi ham mum- kin. Agar islimiy naqshlar bir-biriga bog’liq bo’lsa, mujassamotning asosi bo’lgan qo’sh tanob tagidan o’tadi (qo’sh tanob birinchi, islimiy naqsh ikkinchi da-rajali bo’ladi). Mujassamotda tanob naqsh zaminini ajratib rang jihatidan boyishiga xizmat qiladi. O’yma naqshlarda tanoblar o’zining nursoyasi va to’g’ri, egri chiziqdan hosil bo’lgan shakli b-n mujassamotda ajralib, ko’zga yaqqol tashlanadi.