Patogenez

Patogenez (Yun. pathos — kasal- lik va … genez) — kasallik va uning ayrim belgilari paydo bo’lishi hamda rivojlanishidagi jarayonlar majmui; patologiyanint bir bo’limi. Hujayra, to’qima va a’zolarning shikastlanishi, orga-nizmning nospesifik javob reak- tsiyalari va tipik patologik jarayonlar (mas, yallig’lanish)ning rivojlanishi P.ning umumiy qonuniyatlaridir. No- spesifik javob reaktsiyalari va tipik patologik jarayonlar umumiy P .ning mazmunini tashkil etadi. Kasalliklar- ning rivojlanishida shika-stlanishdan sodir bo’ladigan turli re-aktsiyalarning murakkab kompleksi ku-zatilib, ular turning yashashi uchun foydali bo’lishi, individiumga nis-batan esa (rivojla- nish darajasi, davom etish muddati va b. omillarga qarab) ham foydali, ham zararli bo’lishi mumkin. Mas, gavda t-rasi ko’tarilishi infektsiyaga karshi kurashishga ko’maklashadi, ammo t-raning xaddan tashqari (40° dan yuqori) ko’tarilishining o’zi hayot uchun xavfli oqibatlarga (arterial qon bosimining pasayib ke-tishi va b.) olib kelishi mum- kin. Ayrim kasalliklarda P. qonuniyatlarini, ya’ni organizm to’qimalari, a’zolari va sistemalari- ning tipik («standart») morfologik, biokimyoviy va fiziologik o’zgarish krnuniyatlarini hamda ularga xos klinik ko’rinishlarni (isitma turi, qondagi o’zgarishlar va h.k.) bilish kasallikni aniqlash, prognozlash va patogenetik davolash (ya’ni asosiy patologik jara- yonni va patogenetik omillarni Barta- raf qilishga qaratilgan davolash)ning asosiy negizidir. Mas, irsiy nuqsonlar tufayli organizmda insulinnnng etar- li darajada hosil bo’lmasligi bolada qandli diabeshning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Patogenetik davodan farqli o’laroq, etiologik davoda kasallik saba-bi bar- taraf kilinadi, simptoma-tik davoda esa kasallikning ayrim belgilari Kama- yadi yoki yo’qoladi. Mas, yiringli menin- gishda. penisillin — etiologik, siy- Dik haydovchi moddalar — patogenetik, og’riqsizlan-tiruvchi moddalar — sim- ptomatik davo vositasi hisoblanadi. Kasallik butunlay yo’qolishi, ya’ni to’qimadagi etishmovchilik to’ldirilishi va funktsiyasi tiklanishi yoki tiklab bo’lmaydigan o’zgarishlar gozaga kelishi (mas, yara o’rnida chandiq hosil bo’lishi) va nihoyat, o’lim b-n tugallanishi mum- kin.