Patopsixologiya
Patopsixologiya (Yun. Pathos -kasallik va psixologiya) — psi- xologiya sohasi. Inson bosh miyasining za-rarlanishi yoki uning etarli dara- jada rivojlanmaganligi natijasida kelib chiqadigan ruhiy kasalliklarni o’rganadi. P. psixiatriya b-n mustahkam bog’langan. P. 19-a. oxiridan riyuj- lana boshladi. Dastlabki psixologik tajriba la-b.larini nemis psixolo- gi V. Vundt tashkil qiddi. Patologik o’zgarishlarning taxlili sog’lom kishi – larning xususiyatlari, holatlari, bilim jarayonlari shakllanishi va kechishining o’ziga xosligi b-n taqqoslash asosida amalga oshiriladi. P. kasallikning pay- do bo’lishi uning tuzalishi, simptom b-n sindromlarning o’rin almashishini kli- nik qonuniy holat deb hisoblaydi. P. sezgi, idrok, tasavvur, xotira, ta-fakkur, xayol, malakalar, ko’nikmalar, hissiyot, Iroda singari ruhiy jarayonlar hamda holatlarning buzilishini psixologik jihatdan tahlil qiladi. U ruhiy jara- yonlar tuzilishining o’ziga xosligi, ke- chishining xususiyatlarini tadqiqetadi. P. psixik funktsiyalar buzilishini ti- klashning ilmiy asoslangan metodlari- ni ishlab chiqishga yordam beradi. Ruhiy nuqsonlarni to’ldirishning oqilona usullaridan foydalanish evaziga ka- sallikni tezkor tuzatish im-koniyati tug’iladi. P. ma’lumotlaridan tashhis qo’yish maqsadlarida, psixiat-rik eks- pertizada — mehnat, sud, har-biy eksper- tizada foydalaniladi. P. bolalar psi- xiatriyasida aloxdda axamiyatli bo’lib, u intellekt pasayishi da-rajasini belgi- lashda, bolaning o’qish qobiliyatini ol- dindan aytib berishda qo’llaniladi.